Narxlar va litsenziya turlari
O‘qituvchi litsenziyasi — yiliga 80 000 so‘m.
Maktab uchun 50% chegirma: har bir yuqori sinf o‘qituvchisiga yiliga 40 000 so‘m. O‘qituvchilar soni va jami to‘lovni avval admin bilan kelishing.
Narxlar to‘lov sozlamalaridan yangilanadi. To‘lovdan oldin amaldagi summa va rekvizitlarni botda tasdiqlang.
IDlarni tekshiring
O‘qituvchi ID va maktab ID kengaytmaning Profil menyusida ko‘rinadi. Kengaytmadagi “Litsenziya olish” tugmasi ularni botga avtomatik uzatadi.
Botda so‘rov tayyorlang
@bsbtahlil_botni oching. Litsenziya turini tanlang va ikkala IDni tasdiqlang. Botni bevosita ochsangiz IDlarni qo‘lda yuboring.
To‘lov chekini yuboring
Bot bergan rekvizitlarga to‘lov qilib, chekni rasm yoki PDF shaklida yuboring. “So‘rovni yuborish”ni bosing. So‘rov holati “So‘rovlarim” bo‘limida ko‘rinadi.
Litsenziya faollashadi
Admin chekni tekshirib tasdiqlaydi. Natija botga keladi. Extensiondagi yangilash tugmasini bosib, “Litsenziya faol” holatini tekshiring.
Boshlang‘ich imkoniyat, bonus va faol litsenziya
Boshlang‘ich bepul imkoniyatlar, Telegram bonusi va faol litsenziya alohida holatlardir. Faol litsenziyada yoki boshlang‘ich qoldiq borligida bonus taklifi ko‘rsatilmasligi odatiy. Boshlang‘ich imkoniyatlar tugagach, shartlarni bajarib bonus olish mumkin.
To‘lov so‘rovi yuborilgani litsenziya avtomatik faollashganini anglatmaydi. Admin chekni tekshirib tasdiqlaydi. Natija botda ko‘rinadi; kengaytmaga qaytib, holatni yangilang. Rad etilsa, botdagi sababni o‘qib, kerakli ma’lumotni aniqlashtiring.
Qaysi hisob uchun litsenziya olayotganingizni tekshiring
Kengaytmadagi «Litsenziya olish» orqali botga o‘tish IDlarni to‘g‘ri uzatishga yordam beradi. Qo‘lda murojaat qilganda Profil bo‘limidagi o‘qituvchi va maktab IDlarini yuboring. To‘lovdan oldin narx va rekvizitlarni botda tekshiring; chek yuborishning o‘zi admin tasdig‘i o‘rnini bosmaydi.
Bonus olish va pulli litsenziya turli imkoniyatlardir. Amaldagi qoldiq yoki litsenziya holati kengaytmada ko‘rsatiladi. Quyidagi video BSB Tahlilning umumiy imkoniyatlari haqida; to‘lov yoki bonus bo‘yicha maxsus video sifatida berilmagan.
Videoda ko‘ring
Videoni shu sahifada tomosha qiling yoki uning ostidagi havola orqali YouTube’da oching.
Videoni YouTube’da ochish — BSB Tahlil qanday ishlaydi? — umumiy tanishtirish
Video va matnli qo‘llanmalar
- Telegram: o‘rnatishdan tayyor hisobotgacha — matnli yo‘riqnoma
- Telegram: bonus va boshqa qo‘llanmalar mundarijasi
Telefon yoki planshetda foydalanish · Telegramdagi qo‘llanmalar mundarijasi
Savollar va takliflar: BSB Tahlil Telegram guruhi — @bsbtahlil_chat. Qurilmangiz, brauzeringiz va qaysi bosqichda savol tug‘ilganini yozing.