BSB natijalarini tahlil qilish va hisobot tayyorlash

eMaktab jurnalidan o‘quvchilar ro‘yxatini oling, BSB topshiriq ballarini kiriting, jurnal bilan solishtiring va natijani Excel yoki bosma hisobotga tayyorlang.

Yangilandi: · 2.14 imkoniyatlari bo‘yicha

BSB tahlilini qanday boshlash kerak?

  1. BSB Tahlilni rasmiy do‘kondan o‘rnating. eMaktabda o‘zingizga tayinlangan sinf, fan va chorak jurnalini oching.
  2. Kengaytmani ochib, sinf, fan, chorak, guruh va o‘quvchilar sonini tekshiring. «Imtihon tanlang»dan kerakli BSBni tanlang.
  3. Topshiriqlar soni va har bir topshiriq maksimumini manba ish bilan solishtiring. Tayyor imtihon mos kelmasa, mavjud sozlamalarni tekshiring; umumiy ballni topshiriqlarga taxminan ajratmang.
  4. «Maktab ma’lumotlari»da maktab, fan o‘qituvchisi va mas’ullarni tekshiring. So‘ng «Ballarni kiritish»ni bosing.
  5. Topshiriq ballarini kiriting. «Jami ball»ni «Jurnal balli» bilan solishtiring, bo‘sh va xato kataklarni tekshirib, hisobotni oling.

Jurnalda ishni boshlash — rasmli qo‘llanma

Ballarni kiritish va tekshirish

Oddiy topshiriq ballari, «Har bir test» yoki B/Q/M yig‘indisi usulini qo‘lingizdagi natijaga mos tanlang. 0 — haqiqiy natija, bo‘sh katak — hali kiritilmagan qiymat. Ularni bir xil deb hisoblamang.

⚡ bilan qator, ustun yoki barcha topshiriqlarni maksimal ballga to‘ldirish mumkin. Filtr yoqilganida to‘ldirish ko‘rinayotgan o‘quvchilarga qo‘llanadi. Ogohlantirish rejimi me’yordan yuqori qiymatni belgilaydi, qat’iy rejim esa uni tozalaydi. Oxirgi o‘zgarishni ↶ yoki Ctrl+Z bilan qaytarish mumkin.

Ball kiritish, test javoblari va chala Exceldan davom etish

Tahlilda nimalarni ko‘rasiz?

Sinf va o‘quvchi natijalari

Jami ball, maksimal ballga nisbatan foiz, yuqori va past natijalar hamda baholar taqsimotini ko‘ring.

Topshiriqlar kesimi

Topshiriq o‘rtachalari va nol ball olingan ishlarni tekshiring. Past natijani topshiriq mazmuni bilan bog‘lab, qayta tushuntirishni rejalang.

Saqlash va chop etish

Tahlilni Excelga oling yoki chop etish menyusidan jadval, tahlil yoxud ikkalasini tanlang. PDF brauzerning chop etish oynasi orqali saqlanadi.

To‘liq Excelning qo‘shimcha statistika, diagramma va reyting varaqlari faol pullik litsenziyaga bog‘liq. Eksportdan oldin kirish holatini tekshiring.

Natijalar va diagrammalar · Excel va chop etish

Bepul Excel, tahlil imkoniyatlari va litsenziya

Asosiy Excel — bepul

Asosiy oynadagi «Excel yuklab olish» o‘quvchilar va topshiriqlar jadvalini beradi. Ballar, jami va foizlar bilan Excelda ishlashingiz mumkin. Bu amal boshlang‘ich imkoniyat va bonusni sarflamaydi.

Dastlabki 3 ta imkoniyat

Boshlang‘ich imkoniyatlar muddatsiz. Tahlil oynasidan Excel yuklash va kengaytmadan chop etish alohida imkoniyat sarflaydi. Oynani ochishning o‘zi qoldiqni kamaytirmaydi; kirish holati tekshiriladi.

Bonus va litsenziya

Boshlang‘ich imkoniyatlar tugagach, «Bonus olish» orqali Telegramdagi shartlarni bajaring va kengaytmada hisobni tasdiqlang. Amaldagi qoldiq va muddatni oynadan, litsenziya shartlarini botdan tekshiring.

Bepul imkoniyatlar tafsiloti · Bonus olish · Litsenziya olish

BSB bo‘yicha to‘liq videoqo‘llanma

Videoda 50 ballik ish misoli ko‘rsatilgan. O‘z ishingizning maksimumlarini uning manbasidan tekshiring.

YouTube: BSB: topshiriq ballari, tekshiruv va tayyor hisobot

BSB videosini Telegramda ko‘rish

Telegramdagi barcha qo‘llanmalar · Savollar va takliflar guruhi · YouTube kanali