Kerakli jurnalni ochish, hisob va imtihonni tekshirish, maktab ma’lumotlarini sozlash hamda vazifaga mos hisobotni tanlash tartibi.
Yangilandi: · 2.14 imkoniyatlari bo‘yicha
Jurnaldan tahlilga: bosqichma-bosqich
eMaktab hisobingizga kiring. O‘zingizga tayinlangan sinf va fan jurnalida kerakli o‘quv yili, chorak va guruhni oching; sahifa to‘liq yuklanishini kuting.
Brauzer panelidagi BSB Tahlil belgisini bosing. Sinf, fan, chorak, o‘qituvchi va o‘quvchilar sonini asl jurnalga solishtiring.
Jurnalga tayinlangan hisob bilan kirganingizni tekshiring. Boshqa login ochilgan bo‘lsa, tegishli hisobga o‘tib, jurnalni qayta yuklang.
Kerakli BSB yoki CHSBni tanlang. Topshiriqlar, maksimumlar va kiritish usuli sizdagi ishga mos bo‘lsin.
«Maktab ma’lumotlari»ni oching. Maktab nomi va fan o‘qituvchisi avtomatik to‘ldirilishini tekshiring, O‘IBDO‘ va metod birlashma rahbari ma’lumotlarini kiriting va saqlang.
«Ballarni kiritish» bilan tahlil jadvaliga o‘ting yoki asosiy oynadan ball kiritish uchun bepul Excelni yuklang. Boshqa jurnalga o‘tsangiz, kengaytmadagi ma’lumotlarni yangilang.
Bitta ishning topshiriq yoki test ballarini kiritib, jami va jurnalga moslikni tekshiring. BSB tahlil · CHSB tahlil
Choraklik va solishtirma
«Qo‘shimcha imkoniyatlar»dagi choraklik hisobot bitta chorakni jamlaydi. 2.14’dagi solishtirma hisobot uchun ikki chorak jurnali alohida qo‘shiladi. Solishtirma hisobot tartibi
Progress hisoboti
Sinf rahbari uchun eMaktabning tegishli Progress sahifasini oching. «Progress hisobotni yuklash» shu sahifa tanilganda ko‘rinadi va asosiy oynadagi bu eksport limit sarflamaydi. Sinf rahbari uchun qo‘llanma
Jurnal yoki imtihon tanilmasa
Kengaytmani yangilang va avval ochilgan jurnalni qayta yuklang. Sinf, fan, chorak hamda loginni tekshiring.
Fan nomi boshqacha yozilgan bo‘lsa, 2.14’dagi nom moslashtirish yordam beradi. Noma’lum nomlar avtomatik taxmin qilinmaydi; ro‘yxat bo‘sh qolsa, jurnaldagi fan nomini yordam guruhiga yozing.
Hisob yoki tayinlov haqida xabar chiqsa, aynan unda ko‘rsatilgan sababni tekshiring. Boshqa hisobni tasdiqlab davom etmang.
Yordamga brauzer, qurilma, kengaytma versiyasi va xabar matnini yuboring. Skrinshotda o‘quvchilarning shaxsiy ma’lumotlarini berkiting.