CHSB natijalari, test javoblari va B/Q/M tahlili

CHSB ishini tanlang, individual test javoblari yoki Bilish, Qo‘llash va Mulohaza yig‘indilari bilan ishlang. Natijani jurnal bilan tekshirib, hisobotni saqlang.

Yangilandi: · 2.14 imkoniyatlari bo‘yicha

CHSB ishini tayyorlash

  1. eMaktabda kerakli sinf, fan va chorak jurnalini oching. BSB Tahlilda aniqlangan jurnal ma’lumotlarini tekshiring.
  2. Imtihon ro‘yxatidan CHSBni tanlang. Tayyor katalogda bog‘langan juftlik mavjud bo‘lsa, Test va B/Q/M tanlovi bitta imtihon ichida beriladi.
  3. Savollar soni, maksimal ballar va yo‘nalishlarni tekshiring. CHSB Test sozlamalarida savol ballari va B/Q/M yo‘nalishlarini mavjud ishga mos belgilang.
  4. «Ballarni kiritish» orqali natijalarni kiriting. Jami ball, jurnalga moslik va to‘ldirilmagan kataklarni tekshiring.

Qaysi kiritish usuli sizga mos?

Har bir test

Har bir savolning to‘g‘ri/noto‘g‘ri javobi ma’lum bo‘lsa tanlang. Katakka bosish yoki 1/0 tugmalari javob holatini o‘zgartiradi. To‘g‘ri javob savol maksimumini beradi; 1 tugmasi har doim 1 ball degani emas.

B/Q/M yig‘indisi

Faqat Bilish, Qo‘llash va Mulohaza bo‘yicha ballar mavjud bo‘lsa, yo‘nalish yig‘indilarini kiriting. Umumiy yig‘indidan individual test javoblarini tiklab bo‘lmaydi.

Oddiy topshiriq ballari

Ish topshiriqlar bo‘yicha baholangan bo‘lsa, tegishli ball kiritish usulidan foydalaning. Usulni ishning nomiga qarab emas, mavjud natijalarga qarab tanlang.

Testda Delete katakni bo‘sh holatga qaytaradi. Bo‘sh javob bilan noto‘g‘ri javobni ajrating. B/Q/M maksimumlari hamda jami ball bir-biriga mosligini tekshiring.

Kiritish va tekshirish bo‘yicha qo‘llanma

CHSB tahlili va choraklik hisobot

CHSB tahlili bitta baholash ishining savollari va B/Q/M natijalariga tegishli. Choraklik hisobot esa jurnaldagi BSB jami, CHSB, FB, jami ball va chorak bahosini jamlaydi. Uni «Qo‘shimcha imkoniyatlar» bo‘limidan oching.

Test yo‘nalishlari to‘liq sozlanganda B/Q/M jadvali va statistikasi bilan ishlash mumkin. Chop etish menyusidagi kerakli ko‘rinishni tanlang. Yetishmayotgan ballarni nolga aylantirmang; eksportdan oldin tekshiruv izohlarini o‘qing.

Choraklik hisobot · BSB va CHSB farqi · Excel va PDF

Bepul Excel, tahlil imkoniyatlari va litsenziya

Asosiy Excel — bepul

Asosiy oynadagi «Excel yuklab olish» o‘quvchilar va topshiriqlar jadvalini beradi. Ballar, jami va foizlar bilan Excelda ishlashingiz mumkin. Bu amal boshlang‘ich imkoniyat va bonusni sarflamaydi.

Dastlabki 3 ta imkoniyat

Boshlang‘ich imkoniyatlar muddatsiz. Tahlil oynasidan Excel yuklash va kengaytmadan chop etish alohida imkoniyat sarflaydi. Oynani ochishning o‘zi qoldiqni kamaytirmaydi; kirish holati tekshiriladi.

Bonus va litsenziya

Boshlang‘ich imkoniyatlar tugagach, «Bonus olish» orqali Telegramdagi shartlarni bajaring va kengaytmada hisobni tasdiqlang. Amaldagi qoldiq va muddatni oynadan, litsenziya shartlarini botdan tekshiring.

Bepul imkoniyatlar tafsiloti · Bonus olish · Litsenziya olish

CHSB bo‘yicha to‘liq videoqo‘llanma

Videodagi 40 ballik CHSB — amaliy misol. Har bir fan uchun savollar va maksimumlar o‘z ishiga mos belgilanadi.

YouTube: CHSB: test javoblari va B/Q/M hisoboti

CHSB videosini Telegramda ko‘rish

Telegramdagi barcha qo‘llanmalar · Savollar va takliflar guruhi · YouTube kanali