O‘qituvchilar uchun qulay tahlil vositasi

BSB natijalaridan tayyor Excel hisobot

eMaktab jurnalidagi natijalarni tartibli ko‘ring, tahlil qiling va bir necha qadamda tayyor Excel faylini oling.

  • Brauzer ichida ishlaydi
  • Excel .xlsx fayli
  • Oddiy va tushunarli
Kengaytma · namoyish

Imtihonni tanlang. 12 o‘quvchili namunaviy guruhning ball kiritish va tahlil jarayonini ko‘ring ↓

3 qadamjurnaldan hisobotgacha
Keng moslikChromium va Firefox oilasi
1 fayltartibli Excel hisoboti
Mahalliyhisob-kitob brauzerda

42 soniyada tanishing

BSB Tahlil qanday ishlaydi?

Ballarni kiriting, diagrammalarda tahlil qiling va tayyor hisobotni oling.

YouTube’da ko‘rish ↗

Dastur qanday ishlashini ko‘ring

Ballardan tayyor tahlilgacha

Kataklar to‘ladi, xatolar aniqlanadi, natijalar hisoblanadi. Barchasi dasturdagi haqiqiy jadval va diagrammalarda.

7-A · Informatika · 1-guruh12 o‘quvchi · namunaviy ma’lumotlar · avtomatik namoyish
Namoyish tayyorlanmoqda…0/60 ball

Imtihon yuqoridagi popup orqali tanlanadi. Ballar avtomatik kiritiladi; jadvalni tahrirlash yopiq. Tahlildan keyin namoyish qayta boshlanadi.

Imkoniyatlar

Raqamlardan aniq xulosagacha

Takroriy qo‘l mehnatini kamaytirib, diqqatingizni o‘quvchi natijalariga qarating.

01

Natijalarni yig‘ish

Qo‘llab-quvvatlanadigan eMaktab sahifasidagi BSB ma’lumotlarini bir joyga jamlashni soddalashtiradi.

eMaktab bilan ishlash →
02

Tahlil va hisob-kitob

Ball, foiz va natijalarni tartibli ko‘rib, sinf bo‘yicha muhim ko‘rsatkichlarni tezroq baholang.

BSB tahlili haqida →
03

Tayyor Excel fayli

Natijalarni .xlsx formatida yuklab oling, tekshiring va keyingi ish jarayonida foydalaning.

Excel hisobot haqida →

Qanday ishlaydi?

Jurnaldan hisobotgacha — uch qadam

Batafsil yo‘riqnoma →
  1. 1

    Jurnalni oching

    eMaktabda kerakli sinf, fan va baholash sahifasini tanlang.

  2. 2

    Tahlilni boshlang

    BSB Tahlilni oching, imtihon va maksimal ballarni tekshiring. «Ballarni kiritish» orqali topshiriq ballarini kiriting.

  3. 3

    Tahlilni saqlang

    Ballarni jurnal bilan solishtiring. Tahlil oynasidan Excelni yuklang yoki hisobotni chop eting.

Kimlar uchun?

Ta’lim natijalari bilan ishlaydiganlar uchun

Fan o‘qituvchisi

Har bir BSB natijasini tartibli tahlil qilish va hisobot tayyorlash uchun.

Sinf rahbari

Turli fanlardagi sinf natijalarini saqlash va kuzatish uchun.

Maktab rahbariyati

Tayyor ma’lumotlarni ko‘rib chiqish va umumiy xulosa chiqarish uchun.

Yangi versiya · 2.14

Choraklarni solishtiring, o‘zgarishni ko‘ring

Solishtirma hisobot, fan nomlarini moslashtirish va ball hisoblashdagi yaxshilanishlar bilan tanishing.

2.14 yangiliklari va foydalanish tartibi →

Foydali materiallar

BSB va CHSB bo‘yicha qo‘llanmalar

Barcha maqolalar →

BSB tahlil

BSB natijalarini qanday tahlil qilish kerak?

Ball, foiz va topshiriqlar kesimidagi natijalarni ko‘rib chiqish uchun amaliy tartib.

O‘qish →

Baholash

BSB va CHSB o‘rtasidagi farq

Ikki baholash turi nimani ko‘rsatishi va ularni hisobotda qanday ajratish haqida.

O‘qish →

Excel

BSB hisobotini Excel formatida tayyorlash

Faylni nomlash, tekshirish va tartibli saqlash bo‘yicha tavsiyalar.

O‘qish →

Savol-javob

Ko‘p so‘raladigan savollar

Javob topilmadimi? Biz bilan bog‘laning.

Bonusni qanday faollashtiraman?

Kengaytmadagi «Bonus olish» orqali botga o‘ting, shartlarni bajaring va BSB Tahlilga qaytib hisobingizni tasdiqlang. Rasmli bonus olish yo‘riqnomasi.

BSB Tahlil nima qiladi?

eMaktabdagi qo‘llab-quvvatlanadigan BSB ma’lumotlarini yig‘ish, hisob-kitoblarni ko‘rish va Excel hisobotini tayyorlashga yordam beradi.

Qaysi brauzerlarda ishlaydi?

Kengaytma Chromium asosidagi brauzerlarning aksariyatida hamda Firefox oilasidagi mos brauzerlarda ishlaydi. Uni Chrome Web Store yoki Firefox Add-ons orqali o‘rnatish mumkin.

CHSB uchun ham foydalanish mumkinmi?

CHSB imkoniyatlari kengaytma versiyasi va eMaktabdagi ochilgan sahifaga bog‘liq. Kerakli sahifani ochib, kengaytmada mavjud amalni tekshiring.

Ma’lumotlar qanday himoyalanadi?

Hisob-kitob va Excel faylini yaratish brauzer ichida bajariladi. Litsenziya tekshiruvi va saqlanadigan sozlamalar haqida maxfiylik siyosatida batafsil yozilgan.

Ishni tezlashtiring

Keyingi BSB hisobotingizni osonroq tayyorlang

Kompyuterda Chrome, Edge yoki mos Chromium brauzeri uchun Chrome Web Store’dan, Firefox uchun Firefox Add-ons’dan o‘rnating.

Telefon va planshetda ishlatish: Titanium va Orion →