BSB Tahlildan foydalanish bo‘yicha yordam

O‘rnatishdan tayyor hisobotgacha: kerakli bosqichni tanlang, video va rasmli qo‘llanmalardan foydalaning yoki muammoning yechimini toping.

Yangilandi: · 2.14 imkoniyatlari bo‘yicha

1. O‘rnating va jurnalni oching

Chrome yoki Firefox uchun rasmiy do‘kondan BSB Tahlilni o‘rnating, kengaytmani panelga mahkamlang. Yangilashdan keyin eMaktab jurnalini qayta yuklang.

Rasmli o‘rnatish qo‘llanmasi · eMaktabda boshlash

YouTube: BSB Tahlilni Chrome’ga o‘rnatish

2. Natijalarni kiriting va tekshiring

BSB Tahlil oynasida sinf, fan, chorak va imtihonni tekshiring. Tayyor imtihon topilmasa, «Qo‘lda sozlash»da nom, topshiriqlar soni va maksimal ballarni o‘z ishingizga moslang. Har topshiriqning maksimumini bo‘shliq bilan ajrating: masalan, 5 10 15.

Birinchi marta hisobot tayyorlayotganda yuqoridagi tishli belgi — «Sozlamalar»ni oching. «Maktab ma’lumotlari»da maktab, fan o‘qituvchisi, O‘IBDO‘ va metod birlashma rahbarini tekshirib, «Saqlash»ni bosing. Yetishmagan maydon bo‘lsa, dastur o‘sha maydonni ko‘rsatadi.

«Ballarni kiritish» yangi oynada topshiriqlar jadvalini ochadi. Bo‘sh katak bilan 0 ballni ajrating, jami ballni jurnal bilan solishtiring. Tayyor tahlil oynasidagi Excel yoki «Chop etish» tugmasidan foydalaning.

Bepul Excel, tahlil imkoniyatlari va litsenziya

Asosiy Excel — bepul

Asosiy oynadagi «Excel yuklab olish» ballarni keyin Excelda kiritish uchun bo‘sh jadval beradi. Brauzerda kiritilgan ballar va tahlilni saqlash uchun tahlil oynasidagi Excel tugmasidan foydalaning. Ballar, jami va foizlar bilan Excelda ishlashingiz mumkin. Bu amal boshlang‘ich imkoniyat va bonusni sarflamaydi.

Dastlabki 3 ta imkoniyat

Boshlang‘ich imkoniyatlar muddatsiz. Tahlil oynasidan Excel yuklash va kengaytmadan chop etish alohida imkoniyat sarflaydi. Oynani ochishning o‘zi qoldiqni kamaytirmaydi; kirish holati tekshiriladi.

Bonus va litsenziya

Boshlang‘ich imkoniyatlar tugagach, «Bonus olish» orqali Telegramdagi shartlarni bajaring va kengaytmada hisobni tasdiqlang. Amaldagi qoldiq va muddatni oynadan, litsenziya shartlarini botdan tekshiring.

Bepul imkoniyatlar tafsiloti · Bonus olish · Litsenziya olish

Keng tarqalgan muammolar

Kengaytma belgisi ko‘rinmayapti

Brauzerning kengaytmalar menyusida BSB Tahlil o‘rnatilgan va yoqilganini tekshiring. Belgini panelga mahkamlang. O‘rnatish qo‘llanmasi

Jurnal ma’lumotlari bo‘sh yoki boshqa sinfniki

Kerakli jurnal to‘liq yuklansin. Sinf, fan, chorak va guruhni tekshiring; kengaytmadagi yangilash belgisini bosing. Yangilashdan keyin avvalgi jurnalni qayta yuklang.

Hisob yoki tayinlov mos emas

Jurnalga tayinlangan o‘qituvchi loginida ekaningizni tekshiring. Boshqa login ochilgan bo‘lsa, tegishli hisobga o‘tib, jurnalni qayta oching.

Tahlil ochilmayapti yoki ballar qizil

Bo‘sh, noto‘g‘ri va maksimumdan yuqori kataklarni tekshiring. Jami bilan jurnal balli orasidagi farqni manbadan aniqlang. Amaldagi litsenziya, boshlang‘ich imkoniyat yoki bonus holatini ham ko‘ring.

Excel yuklandi, lekin faylni topolmayapman

Brauzerning yuklamalar bo‘limi va Downloads papkasini tekshiring. Telefonda fayllar ilovasini ham ko‘ring. .xlsx faylni Excel, WPS Office yoki mos jadval dasturida oching.

Bonus olish tugmasi yo‘q

Faol litsenziya yoki boshlang‘ich qoldiq borligida bonus taklifi yashirilishi mumkin. Hisob allaqachon ulangan bo‘lsa, qoldiq va muddatni tekshiring. Bonusni ulash va hisobni tiklash

Solishtirma hisobotda bir chorak yetishmayapti

2.14 yoki yangiroq versiyada birinchi va ikkinchi chorak jurnallarini navbat bilan qo‘shing. Bir xil sinf, fan, guruh va o‘quv yili tanlanganini tekshiring. Jurnal yangilansa, saqlangan nusxani qayta qo‘shing.

Telefon, planshet va qo‘shimcha yordam

Mobil qurilmaga mos brauzer va o‘rnatish bosqichlari telefon va planshet qo‘llanmasida berilgan. Ball kiritishda gorizontal holat qulay. Mobil brauzerlarni o‘rnatish uchun alohida videolar tayyorlanmoqda.

Yordam guruhiga qurilma, brauzer, kengaytma versiyasi, qaysi bosqichda to‘xtaganingiz va xato matnini yozing. Skrinshotdagi shaxsiy ma’lumotlarni berkiting.

Telegramdagi barcha qo‘llanmalar · Savollar va takliflar guruhi · YouTube kanali

Ko‘p beriladigan savollar · Barcha maqolalar · Aloqa