Jurnalga moslik va hisobot turini tekshiring
Topshiriq maksimumlari, bo‘sh kataklar va jurnalga moslikni tekshirgach xulosa chiqaring. 2.14’dagi «Yaxlitlab mos» belgisi jurnal butun songa yaxlitlanganini hisobga oladi; asl topshiriq ballari va foizlar o‘zgarmaydi.
Bu maqoladagi tahlil bitta ishga tegishli. Chorak yakuni uchun choraklik hisobot, davrlar orasidagi o‘zgarish uchun solishtirma hisobotdan foydalaning.
Diagrammalar barcha topshiriq ballari to‘g‘ri kiritilgandan keyin ochiladi. Jadval hali tayyor bo‘lmasa, avval ballarni kiritish va tekshirish qo‘llanmasini ko‘ring.
Tahlilning umumiy ko‘rinishi
Tahlil jadval ostida joylashadi va ayni jadvaldagi ballardan hisoblanadi. Yuqorida sinfning umumiy ko‘rsatkichlari, keyin o‘quvchilar diagrammasi, baholar taqsimoti va topshiriqlar kesimidagi o‘zlashtirish beriladi.

Asosiy ko‘rsatkichlarni o‘qing
Sinf o‘rtachasi barcha to‘liq natijalarning o‘rtacha foizi. O‘zlashtirish kamida 30 foiz natija ko‘rsatgan o‘quvchilar ulushi. Sifat ko‘rsatkichi 66 foiz va undan yuqori natija olganlar ulushini ko‘rsatadi. “Eng yuqori / past” sinfdagi natijalar oralig‘ini tez ko‘rishga yordam beradi.

O‘quvchilar natijalarini solishtiring
Har bir ustun jadvaldagi o‘quvchining tartib raqamiga mos keladi. Ranglar natija oralig‘ini tez ajratadi: yashil yuqori, ko‘k yaxshi, sariq esa ko‘proq e’tibor talab qiladigan natijalarni bildiradi. Past ustunni ko‘rgach, yuqoridagi jadvaldan shu raqamli o‘quvchining qaysi topshiriqlarda qiynalganini aniqlang.

Baholar taqsimotini baholang
Doira diagrammasi natijalarni amaldagi foiz chegaralari bo‘yicha 5, 4, 3 va 2 guruhlariga ajratadi. Yonidagi sonlar har bir guruhdagi o‘quvchilar miqdori. Bu ko‘rinish sinf natijasining faqat o‘rtachasini emas, ichki taqsimotini ham tushunishga yordam beradi.

Topshiriqlar kesimidagi xulosadan foydalaning
Har bir gorizontal chiziq sinfning shu topshiriq bo‘yicha o‘rtacha o‘zlashtirishini bildiradi. Eng past foizli topshiriq qayta tushuntirish yoki qo‘shimcha mashq talab qiladigan mavzuni ko‘rsatishi mumkin. Xulosani topshiriq mazmuni va darsdagi kuzatuv bilan birga talqin qiling; batafsil pedagogik yondashuv o‘qituvchilar uchun BSB tahlili maqolasida berilgan.

Tahlildagi xulosa qaror uchun boshlang‘ich ma’lumotdir. Uni jurnal, topshiriq mazmuni va o‘qituvchining kuzatuvlari bilan birga ko‘rib chiqing.
Yuqori va past natijalar, nol ball va bo‘sh kataklar
Eng yuqori va eng past natijalar ro‘yxati to‘ldirilgan ishlar orasidan olinadi. Teng natijalar jurnal tartibida ko‘rsatiladi. Nol ball olingan topshiriqlari eng ko‘p bo‘lgan o‘quvchilar ro‘yxati ishlarni qaysi qatordan tekshirishni tanlashga yordam beradi. Ismni bosib, jadvaldagi qatorga o‘ting.
Bo‘sh kataklar nol deb hisoblanmaydi. Hozirgi BSB ko‘rinishida tahlil barcha ballar to‘liq va to‘g‘ri bo‘lgach ochiladi. Foizlar bo‘yicha guruhlash chegaralari 86%, 66% va 30%; bu yerda «5», «4», «3», «2» guruhlari shu hisobdan olinadi. Choraklik hisobotda esa jurnalda qo‘yilgan baho va har bir ko‘rsatkich qamrovi ko‘rsatiladi.
BSB, B/Q/M va chorak statistikasini ajrating
«Har bir test» usulida savollar B, Q va M yo‘nalishlariga to‘g‘ri biriktirilgan, barcha natijalar to‘ldirilgan va uchala yo‘nalish mavjud bo‘lsa, alohida B/Q/M jadvali va statistikasi hosil bo‘ladi. Ular individual javoblardan hisoblanadi. B/Q/M yig‘indisidan qaysi savolda xato bo‘lganini aniqlab bo‘lmaydi.
Eng yuqori yoki past natija ro‘yxatidagi ismni bosib, jadvaldagi shu o‘quvchiga o‘ting. Xulosani foizning o‘zi bilan cheklamang: bo‘sh katak, nol ball, topshiriq mazmuni va jurnalga moslikni ham tekshiring.
Videoda ko‘ring
Videoni shu sahifada tomosha qiling yoki uning ostidagi havola orqali YouTube’da oching.
Videoni YouTube’da ochish — BSB tahlili — 50 ballik ish bo‘yicha to‘liq qo‘llanma
Videoni YouTube’da ochish — CHSB — test javoblari va B/Q/M bo‘yicha to‘liq qo‘llanma
Video va matnli qo‘llanmalar
- Telegram: BSB tahlili videosi
- Telegram: CHSB tahlili videosi
- Telegram: o‘rnatishdan tayyor hisobotgacha — matnli yo‘riqnoma
Telefon yoki planshetda foydalanish · Telegramdagi qo‘llanmalar mundarijasi
Savollar va takliflar: BSB Tahlil Telegram guruhi — @bsbtahlil_chat. Qurilmangiz, brauzeringiz va qaysi bosqichda savol tug‘ilganini yozing.