Jurnal hisobi va qo‘shimcha hisobotlarni tekshiring
Jurnalga tayinlangan login hisobida ekaningizni tekshiring. Boshqa hisob haqida xabar chiqsa, tegishli login bilan kirib jurnalni qayta yuklang. 2.14’da fan nomlarining harf, bo‘shliq va apostrof farqlari hamda lug‘atdagi muqobil nomlar moslashtiriladi. Noma’lum fan nomi taxmin qilinmaydi.
«Qo‘shimcha imkoniyatlar»da choraklik va solishtirma hisobot bor. Bir chorak uchun choraklik hisobotni oching; ikki chorak uchun har bir jurnalni solishtirmaga alohida qo‘shing. Solishtirma hisobot bosqichlari
Kengaytma hali o‘rnatilmagan bo‘lsa, avval Chrome Web Store’dan o‘rnatish qo‘llanmasini bajaring. Ushbu maqoladagi ekranlar oldingi o‘quv yilidagi haqiqiy ish jarayonidan olingan.
1. Kerakli jurnalni oching
eMaktabda sinf va fanni tanlang, so‘ng BSB yoki CHSB natijalari mavjud chorakni oching. Rasmda 11-V sinfning Geometriya jurnali ko‘rsatilgan. Jurnal to‘liq yuklangach yuqori paneldagi BSB Tahlil belgisini toping.

2. Popupni oching
BSB Tahlil belgisini bosganda popup jurnaldagi sinf, fan, chorak, o‘qituvchi va o‘quvchilar sonini ko‘rsatadi. Ko‘rsatilgan qiymatlarni jurnal bilan solishtiring. Boshqa jurnal ochilgan bo‘lsa, popupdagi yangilash belgisini bosish mumkin.

3. Imtihonni tanlang
“Imtihon tanlang” ro‘yxatidan kerakli BSB yoki CHSB ishini tanlang. Tanlov bilan birga imtihon nomi, topshiriqlar soni va har bir topshiriqning maksimal ballari avtomatik to‘ldiriladi. Bu qiymatlar keyingi jadval ustunlari va validatsiya chegaralarini belgilaydi.

4. Maktab ma’lumotlarini sozlang
Popup pastidagi “Maktab ma’lumotlari” bo‘limida maktabning to‘liq nomi va fan o‘qituvchisi jurnaldan avtomatik to‘ldiriladi. Kerak bo‘lsa ularni qo‘lda tahrirlashingiz mumkin. Tuman alohida kiritilmaydi. O‘IBDO‘ va metod birlashma rahbari ma’lumotlarini kiriting va saqlang.


Bu qiymatlar Excel va chop etiladigan hisobotdagi sarlavha hamda imzo qatorlarida ishlatiladi. Bir marta to‘g‘ri kiritsangiz, keyingi hisobotlarda qayta foydalaniladi.
5. Ballar jadvalini ochishga tayyorlaning
Imtihon va jurnal ma’lumotlari mos bo‘lsa, “Ballarni kiritish” tugmasini bosing. Keyingi sahifada jurnal ballari saqlangan holda topshiriqlar kesimidagi ballar kiritiladi. Ball kiritish qoidalari va tekshiruv rejimlari keyingi qo‘llanmada tushuntirilgan.
Ball kiritish usullari va choraklik hisobot
«Kengaytirilgan sozlamalar»dan mavjud natijaga mos usulni tanlang: oddiy topshiriq ballari, har bir test yoki B/Q/M yig‘indisi. Har bir test uchun individual natijalar, B/Q/M uchun esa tegishli yo‘nalishlar va maksimumlar kerak bo‘ladi. Usulni tanlagach, jadval ustunlari aynan sizdagi ma’lumotga mosligini tekshiring.
Faqat chorak yakuni kerak bo‘lsa, 2.12 versiyadagi «Choraklik hisobot»ni oching. Bu alohida BSB topshiriqlarini kiritish jarayonidan farq qiladi.
Alohida ish tahlilimi yoki chorak yakunimi?
Bitta BSB yoki CHSB uchun imtihonni va mavjud natijaga mos kiritish usulini tanlang. Chorak yakunini ko‘rish uchun «Choraklik hisobot»dan foydalaning. Jadval ochilishidan oldin sinf, fan, chorak va guruhni qayta tekshirish keyinchalik boshqa jurnal ballari bilan ishlashning oldini oladi.
Videoda ko‘ring
Videoni shu sahifada tomosha qiling yoki uning ostidagi havola orqali YouTube’da oching.
Videoni YouTube’da ochish — eMaktabda BSB Tahlilni ishga tushirish
Video va matnli qo‘llanmalar
- Telegram: eMaktabda ishga tushirish videosi
- Telegram: o‘rnatishdan tayyor hisobotgacha — matnli yo‘riqnoma
Telefon yoki planshetda foydalanish · Telegramdagi qo‘llanmalar mundarijasi
Savollar va takliflar: BSB Tahlil Telegram guruhi — @bsbtahlil_chat. Qurilmangiz, brauzeringiz va qaysi bosqichda savol tug‘ilganini yozing.