Test/B/Q/M tanlovi va o‘nli ballar

Bog‘langan katalog juftligi mavjud bo‘lsa, Test va B/Q/M bitta imtihonning ikki kiritish ko‘rinishidir. Savol ballari hamda Bilish, Qo‘llash, Mulohaza yo‘nalishlarini manba ish bilan solishtiring. Umumiy yig‘indidan individual javoblarni tiklab bo‘lmaydi.

2.14’da o‘nli ballar aniqligi yaxshilangan. Jurnal butun songa yaxlitlangan bo‘lsa, «Yaxlitlab mos» belgisi chiqishi mumkin: masalan, topshiriqlar jami 18,5 va jurnal 19. Asl ballar, jami va foizlar o‘zgartirilmaydi.

Bu bosqichga kelishdan oldin popupda imtihon to‘g‘ri tanlangan bo‘lishi kerak. Kerak bo‘lsa eMaktab jurnalida tahlilni boshlash qo‘llanmasiga qayting.

1. “Ballarni kiritish” tugmasini bosing

Popupdagi sinf, fan, chorak va o‘quvchilar sonini tekshirgach, “Ballarni kiritish” tugmasini bosing. Dastur yangi sahifada o‘quvchilar ro‘yxati, topshiriq ustunlari va eMaktabdagi jurnal ballarini ko‘rsatadi.

BSB Tahlil popupidagi Ballarni kiritish tugmasi
Ballar sahifasini ochadigan tugma.
O‘quvchilar va jurnal ballari ko‘rsatilgan bo‘sh topshiriq ballari jadvali
Bo‘sh jadvalda o‘quvchilar va jurnal ballari allaqachon mavjud.

2. Ballarni qo‘lda kiriting

Har bir katakka shu topshiriq uchun olingan ballni yozing. Kiritish davomida jami ball, foiz, topshiriq o‘rtachalari va jurnalga moslik jonli yangilanadi. Klaviaturadagi yo‘nalish tugmalari bilan keyingi katakka o‘tish mumkin.

Video: ballarni qo‘lda kiritish va natijalarning darhol yangilanishi.

3. ⚡ bilan maksimal ball qo‘ying

O‘quvchi barcha topshiriqlardan maksimal ball olgan bo‘lsa, tartib raqami yonidagi ⚡ belgisini bosing. Dastur qatorning barcha kataklarini tegishli maksimal ballar bilan bir vaqtda to‘ldiradi.

Video: bitta o‘quvchi qatorini ⚡ orqali to‘ldirish.

4. Ogohlantirish va qat’iy rejimni tanlang

Ogohlantirish rejimida maksimal qiymatdan yuqori ball qizil katak bilan saqlanib qoladi. Bu xatoni ko‘rish va manba bilan tekshirishga yordam beradi. Qat’iy rejimida noto‘g‘ri qiymat katakdan avtomatik tozalanadi.

Qisman to‘ldirilgan BSB jadvali va qizil validatsiya xatolari
Qizil chegarali kataklar maksimal balldan yuqori qiymatlarni ko‘rsatadi.

Video: qat’iy rejim noto‘g‘ri qiymatni qabul qilmaydi.

5. Ro‘yxatni zarur bo‘lsa tahrirlang

Jurnalda bo‘lmagan qo‘shimcha qatorni “O‘quvchi qo‘shish” orqali kiritish mumkin. Keraksiz qatorni o‘ng tomondagi savatcha belgisi orqali o‘chirganda dastur tasdiq so‘raydi.

Video: o‘quvchini ro‘yxatdan o‘chirish va amalni tasdiqlash.

6. Yakuniy natijani tekshiring

Barcha topshiriq kataklari to‘ldirilganda har bir qatorning “Jami ball” qiymatini “Jurnal balli” bilan solishtiring. Yashil jurnal katagi moslikni, qizil katak farq borligini bildiradi. Xato yoki bo‘sh katak qolmasa, pastdagi tahlil avtomatik ochiladi.

Barcha ballari to‘ldirilgan jadval va ochilgan natijalar tahlili
Yakunlangan jadval va uning asosida ochilgan tahlil.

Bo‘sh katak, nol ball va B/Q/M natijasi

0 — kiritilgan haqiqiy natija; bo‘sh katak esa hali natija yo‘qligini bildiradi. Ularni bir xil deb qabul qilmang. Tahlil ochilmasa, to‘ldirilmagan yoki noto‘g‘ri kataklarni tekshiring.

Har bir test usulida test natijalarini kiriting va savollar B/Q/M yo‘nalishlariga to‘g‘ri biriktirilganini tekshiring. Qo‘lingizda faqat B/Q/M yig‘indisi bo‘lsa, shunga mos usuldan foydalaning: umumiy yig‘indidan individual javoblarni tiklab bo‘lmaydi. Boshqa usulda yangi nusxa ochsangiz, o‘tish haqidagi oynadagi tushuntirishni o‘qing.

Chala ishni davom ettirish uchun «Chala Exceldan davom etish»dan foydalanish mumkin. Import qilingach sinf, imtihon, maksimumlar va ballarni yana tekshiring.

Tez to‘ldirish, filtr va test javoblari

Ustun sarlavhasidagi ⚡ shu topshiriqni, «Jami ball» ostidagi ⚡ esa barcha topshiriqlarni maksimal ball bilan to‘ldiradi. Filtr qo‘llangan bo‘lsa, to‘ldirish ko‘rinayotgan o‘quvchilarga tegishli bo‘ladi. Qidirish yoki filtrni tekshirib, keyin shu tugmalarni bosing. Oxirgi o‘zgartirishni qaytarish uchun ↶ yoki kompyuterda Ctrl+Z’dan foydalaning.

«Har bir test» usulida katakka bosish to‘g‘ri va noto‘g‘ri javobni almashtiradi. Klaviaturada 1 — to‘g‘ri, 0 — noto‘g‘ri, Delete — bo‘sh holatga qaytarish. To‘g‘ri javob uchun o‘sha savolning maksimal balli olinadi; 1 tugmasi doim «1 ball» degani emas. B/Q/M yig‘indisi usulida esa yo‘nalish bo‘yicha mavjud ballarni kiriting.

Telefonda ball kiritish: landscape tavsiyasi

Videoda ko‘ring

Videoni shu sahifada tomosha qiling yoki uning ostidagi havola orqali YouTube’da oching.

BSB tahlili — 50 ballik ish bo‘yicha to‘liq qo‘llanma
Videoni YouTube’da ochish — BSB tahlili — 50 ballik ish bo‘yicha to‘liq qo‘llanma
CHSB — test javoblari va B/Q/M bo‘yicha to‘liq qo‘llanma
Videoni YouTube’da ochish — CHSB — test javoblari va B/Q/M bo‘yicha to‘liq qo‘llanma

Video va matnli qo‘llanmalar

Telefon yoki planshetda foydalanish · Telegramdagi qo‘llanmalar mundarijasi

Savollar va takliflar: BSB Tahlil Telegram guruhi — @bsbtahlil_chat. Qurilmangiz, brauzeringiz va qaysi bosqichda savol tug‘ilganini yozing.