Avval ma’lumotni tekshiring
Topshiriqlar maksimumlari, bo‘sh kataklar va jami ballning jurnalga mosligini ko‘ring. Kiritishdagi xato pedagogik xulosani ham o‘zgartiradi. Bo‘sh katak bajarilmagan yoki hali kiritilmagan natija bo‘lishi mumkin; uni tekshirmasdan nol bilan almashtirmang.
O‘rtacha bilan birga taqsimotni ko‘ring
Bir xil sinf o‘rtachasi ortida turli holatlar bo‘lishi mumkin: natijalar bir-biriga yaqin yoki yuqori va past guruhlarga ajralgan. O‘quvchilar diagrammasi, baholar taqsimoti va eng yuqori/past natijalarni birga ko‘ring. Ismni bosib, o‘quvchining jadvaldagi qatoriga o‘tish mumkin.
Past natijani topshiriq mazmuni bilan bog‘lang
Masalan, 5-topshiriqning o‘rtacha o‘zlashtirishi boshqalardan past bo‘lsa, avval uning qaysi ko‘nikmani tekshirganini aniqlang. Xato hisoblashda, tushunchani qo‘llashda yoki topshiriqni tushunishda bo‘lganini ishlarning o‘zidan ko‘ring. Nol ball olgan topshiriqlar ro‘yxati qaysi o‘quvchilarning ishini avval ko‘rishni tanlashga yordam beradi.
Keyingi dars uchun aniq amal belgilang
- Eng ko‘p qiyinchilik tug‘dirgan bitta yoki ikkita ko‘nikmani tanlang.
- Shu mavzuga qisqa qayta tushuntirish va namunaviy yechim tayyorlang.
- Qo‘shimcha yordam kerak bo‘lgan o‘quvchilar bilan kichik guruhda ishlang.
- Keyingi qisqa mashqda o‘zgarishni tekshiring.
Bitta baho bilan yakuniy xulosa chiqarmang; darsdagi ishtirok va boshqa ishlarni ham ko‘ring. Ko‘rsatkichlarni o‘qish · Hisobotni saqlash.
B/Q/M natijasidan keyingi dars uchun foydalaning
B/Q/M hisoboti mavjud bo‘lsa, Bilish, Qo‘llash va Mulohaza yo‘nalishlarini alohida ko‘ring. Har bir yo‘nalish maksimumi turlicha bo‘lishi mumkin; xom ball bilan birga maksimal ballga nisbatan natijani ham hisobga oling. Past natijani o‘quvchining butun bilimiga tenglashtirmang.
Eng yuqori/past va nol ball olgan topshiriqlari ko‘p o‘quvchilar ro‘yxatidan kerakli qatorga o‘tib, manba ishni tekshiring. Keyingi mashg‘ulotda qaysi ko‘nikma ustida ishlashni aniqlab, yangi qisqa topshiriq bilan o‘zgarishni kuzating.
Videoda ko‘ring
Videoni shu sahifada tomosha qiling yoki uning ostidagi havola orqali YouTube’da oching.
Videoni YouTube’da ochish — BSB tahlili — 50 ballik ish bo‘yicha to‘liq qo‘llanma
Videoni YouTube’da ochish — CHSB — test javoblari va B/Q/M bo‘yicha to‘liq qo‘llanma
Video va matnli qo‘llanmalar
Telefon yoki planshetda foydalanish · Telegramdagi qo‘llanmalar mundarijasi
Savollar va takliflar: BSB Tahlil Telegram guruhi — @bsbtahlil_chat. Qurilmangiz, brauzeringiz va qaysi bosqichda savol tug‘ilganini yozing.