Bir chorakdan ikki chorakni solishtirishga

Choraklik hisobot 2.12’dan mavjud va bitta jurnalning tanlangan choragini ko‘rsatadi. 2.14’dagi solishtirma hisobot esa ikki chorak uchun alohida qo‘shilgan jurnal nusxalari bilan ishlaydi. Qaysi sinf, fan va davr tanlanganini eksportdan oldin tekshiring. Ikki chorakni solishtirish qo‘llanmasi

Jurnaldan choraklik hisobotni oching

Bu imkoniyat 2.12 versiyada mavjud. eMaktabda kerakli sinf, fan va chorak jurnalini oching. BSB Tahlilda ma’lumotlarni tekshirib, «Choraklik hisobot» tugmasini bosing. Alohida imtihonning topshiriq ballarini tahlil qilish uchun esa «Ballarni kiritish»dan foydalaniladi.

Choraklik hisobotni ochish tugmasi
Sinf va fan ma’lumotlari ostidan hisobotga o‘tiladi.

Jadval va hisobot sozlamalarini tekshiring

Asosiy jadvalda BSB jami, CHSB, FB, jami ball va jurnalda qo‘yilgan chorak bahosi ko‘rinadi. «BSB qismlarini ham ko‘rsatish» tanlovi bilan alohida BSB ustunlarini ham chiqarishingiz mumkin.

Chap paneldan maktab nomi, fan o‘qituvchisi, O‘IBDO‘ va sahifa yo‘nalishini tekshiring. Tik, yotiq yoki avtomatik joylashuvni tanlang.

Choraklik hisobot jadvali va sozlamalari
Natijalar jurnaldagi tanlangan davrga tegishli ekanini tekshiring.

Yetishmayotgan ma’lumotni manbadan tekshiring

«Tekshirish kerak» holati chiqsa, «Tekshiruv» bo‘limini oching. Qaysi qatorda qanday ma’lumot yetishmasligi yoki izoh borligi shu yerda ko‘rsatiladi. «Jurnal ballari»da asl qiymatlarni, «Manba va izohlar»da ishlar, davr va manba tafsilotlarini ko‘ring.

Bo‘sh ball nolga aylantirilmaydi. BSB jami barcha kerakli qismlar mavjud bo‘lgandagina hisoblanadi. FB, jami ball va chorak bahosi manba jurnaldan olinadi; yaxlitlangan FB orqali jami ball qayta hisoblanmaydi. Muammoni eMaktab manbasida tekshirgach, jurnal va hisobotni qayta oching.

Tekshiruv izohlari ekranda qoladi; ular chop etish va Excel fayliga qo‘shilmaydi. Shu sabab eksportdan oldin ushbu bo‘limni ko‘rib chiqing.

Chorak statistikasini to‘g‘ri talqin qiling

«Statistika»da o‘quvchilar soni, o‘rtacha jami ball, o‘rtacha baho va bahosi yo‘q o‘quvchilar ko‘rsatiladi. Baholar taqsimoti hamda ishlar bo‘yicha o‘rtacha va qamrov natijalarni solishtirishga yordam beradi.

Har bir ko‘rsatkich uchun nechta o‘quvchining raqamli natijasi hisobga olinganini tekshiring. O‘rtacha ballning qamrovi bilan barcha o‘quvchilar soni bir xil bo‘lmasligi mumkin. Baholar ulushi barcha o‘quvchilar soniga nisbatan olinadi; bahosi yo‘q holatlar alohida ko‘rsatiladi.

Bu chorak statistikasi. Uni alohida BSB topshiriqlari bo‘yicha tahlil va diagrammalar bilan aralashtirmang.

Excel, chop etish va PDF

«Excel yuklash» asosiy hisobot, «Statistika», «Jurnal ballari» va «Manba va izohlar» varaqlarini yaratadi. Asosiy hisobot bitta sahifaga moslanadi; yuklangan faylning oldindan ko‘rishini baribir tekshiring.

«Chop etish» yonidagi o‘qdan «Asosiy hisobot», «Statistika» yoki «Hisobot + statistika»ni tanlang. Brauzer chop etish oynasida printer yoki «PDF sifatida saqlash»ni belgilang. Sarlavha, ustunlar va sahifalar to‘liq chiqqanini ko‘ring.

Eksport bo‘yicha qo‘llanma · 2.12 imkoniyatlari

Chorak videosi va to‘ldirish tartibi

Quyidagi video aynan choraklik hisobotni tayyorlashga bag‘ishlangan: eMaktab jurnalidan hisobotni ochish, BSB jami, CHSB, FB, jami ball va chorak bahosini tekshirish, statistika, Excel hamda PDF bilan ishlash. Uni shu sahifada, YouTube’da yoki Telegramda ko‘rishingiz mumkin.

Hisobotdagi ma’lumotni tuzatish kerak bo‘lsa, avval asl jurnalni tekshiring va jurnal yangilangach hisobotni qayta oching. BSB topshiriqlari uchun qo‘lda kiritilgan jadval bilan jurnaldan olinadigan choraklik hisobot alohida jarayonlardir.

Choraklik hisobot videosini Telegramda ko‘rish

Videoda ko‘ring

Videoni shu sahifada tomosha qiling yoki uning ostidagi havola orqali YouTube’da oching.

Choraklik hisobot: eMaktab, Excel, statistika va PDF
YouTube’da choraklik hisobot videoqo‘llanmasini ochish

Video va matnli qo‘llanmalar

Telefon yoki planshetda foydalanish · Telegramdagi qo‘llanmalar mundarijasi

Savollar va takliflar: BSB Tahlil Telegram guruhi — @bsbtahlil_chat. Qurilmangiz, brauzeringiz va qaysi bosqichda savol tug‘ilganini yozing.